19-iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar bilan Avtomobil sporti markaziga tashrif buyurib, u yerda “o‘z chizmalari asosida yuqori tezlikli yo‘ltanlamasni yig‘di va uning imkoniyatlarini sinab ko‘rdi”, deb xabar beradi “Xroniki Turkmenistana”.
Turkmaniston rahbari yangi kelib tushgan sport avtomobillarini qanday bezash, shuningdek, ularning texnik salohiyatini oshirish uchun qayta jihozlash bo‘yicha bir nechta chizmalar chizdi.
Masalan, poyga chog‘ida chidamlilikni oshirish uchun boltli karkasni kuchaytirish mumkinligini aytib, prezident ba’zi qismlarni qaytadan yig‘di, shuningdek, butun konstruksiyaga qo‘shimcha mustahkamlik berish uchun alohida detallarni almashtirdi.
So‘ng Berdimuhamedov o‘g‘li bilan birga o‘z chizmalari asosida yig‘ilgan avtomobilni minib sinab ko‘rdi.
Izoh (0)