Yaponiya janubidagi Okinava orollariga “Gayemi” to‘foni yopirilib, o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar va shamollar olib keldi, bir qator hududlarda rekord darajadagi yog‘ingarchilik haqida ogohlantirish e’lon qilingan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Yaponiya bosh meteorologik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon markazida shamol tezligi soniyasiga 20 metr, kuchayganida esa 30 m/soniyani tashkil etmoqda. Siklon markazidagi bosim esa 992 gektopaskalga tenglashgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da to‘fon Okinava prefekturasi poytaxtidan 60 kilometr uzoqlikda soatiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanmoqda.
Meteorologlarning ma’lum qilishicha, to‘fon yopirilgan hududlarda yog‘ingarchilik tezligi soatiga 110 millimetrni tashkil qilmoqda. Yaqin 48 soat ichida 500 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Jumladan, Okinava prefekturasining g‘arbida joylashgan Ixeya aholi punktida yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha 50 yillik rekord qayd qilindi.
Izoh (0)