Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ma’lum qilishicha, Donald Tramp Qrimni Rossiyaniki deb atamagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ukraina TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Trampning so‘zlari “kontekstdan chiqarib olingan”. Klimkinning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti haqiqatdan ham qrimliklar ruscha gapirishi yoki yo‘qligini so‘ragan.
Klimkin OAVlardan Tramp tomonidan aytilgan gaplarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘ragan.
Avvalroq BuzzFeed Tramp Katta yettilik yetakchilariga Qrim yarimorolida hamma ruscha gapirgani uchun u Rossiyaga tegishli ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar bergan.
Izoh (0)