Meksikaning Amosok shahrida jinoyatchilarga qarshi bo‘lib o‘tgan otishma vaqtida olti nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Excelsior portaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyachilarga quvurlardan yoqilg‘i o‘g‘irlovchilar — “uachikoleros”lar hujum qilgan.
Ayni vaqtda Puebla shtatida jinoyatchilarni aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlab yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, Meksikada neft mahsulotlarini o‘marilishi har yili davlatga 1 milliard dollar zarar keltiradi.
Izoh (0)