Qirg‘izistonning sobiq prezidenti va mamlakatdagi sotsial-demokratik partiya rahbari Almazbek Atambayev “Ata-Beyit” memorial-majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Siyosatchi Chuy viloyatining Arashan qishlog‘idagi masjidda hayit namozida qatnashdi. Namozdan so‘ng qishloqdoshlari bilan muloqotda bo‘ldi va “Ata-Beyit” yodgorlik majmuasiga yo‘l oldi. Bu yerda 2010-yilgi aprel inqilobida halok bo‘lganlar haqiga duo o‘qildi.
Fotosuratlarda Almazbek Atambayev o‘ychan holda aks ettirilgan. Uning sochlari haddan oqarib ketganligi ham ko‘zga tashlanmoqda.
Izoh (0)