Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvaga, futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining ochilish marosimiga oddiy aviareysda uchib bordi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.
Mazkur ma’lumotni davlat rahbarining matbuot xizmati ham tasdiqladi.
“Prezidentga 6-7 kishi hamrohlik qilmoqda. Shu sababli u 1-raqamli bortdan foydalanmaslikka qaror qildi. Delegatsiya tarkibiga prezident apparati xodimlari va tansoqchilar kirgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston prezidenti O‘shga oddiy aviareysda borgani bildirilgandi.
https://youtu.be/9GHIegwwnWI
Izoh (0)