Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Noor Dubai fondi yangi xayriya aksiyasi boshlanganini e’lon qildi, uning doirasida masjidlarda moliyaviy imkoniyati cheklangan kishilarga kitob o‘qish uchun 6000 ta bepul ko‘zoynak tarqatiladi, deb yozadi UAE Inside.
Bugungi kungacha jamg‘arma tomonidan optika kompaniyasi hamda xayriya faoliyati departamenti bilan hamkorlikda Dubayning 25 ta masjidida kitob o‘qish uchun 3000 ta bepul ko‘zoynak tarqatilgan.
Ramazon oyida musulmonlar namozdan keyin Qur’onni o‘qiydi. Ko‘plab masjidlar Qur’on nusxalarini taqdim etadi, ammo ular ehtiyojmand kishilarga ko‘zoynaklar tarqatmaydi.
Aksiya chog‘ida masjidlarda dindorlar ko‘zoynak tanlashdan avval mustaqil ravishda ko‘rish darajalarini tekshirib olishi mumkin. Buning uchun zarur uskunalar taqdim etildi va tekshiruvni qanday olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Izoh (0)