Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb yozadi Spot.
Shaharda qo‘shimcha 1358 ta ish o‘rnini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu o‘nlab yangi sanoat obyektlarini tashkil etish va yana 12 ta mavjud obyektlarni kengaytirish hisobidan amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 29 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Belgilangan rejalar 700 milliard 709 million so‘m miqdorda moliyalashtirishni talab qiladi. Shuning 17 foizini davlat maqsadli fondlar va mahalliy budjetdan ajratadi. Tadbirkorlik subyektlari — loyihalar tashabbuskorlari xarajatlarning 54 foizini qoplaydi. Qolgan 29 foizi uchun banklar kredit ajratadi.
Ishlar Bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Izoh (0)