• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dunyo ayollari nega islomga kirmoqda?

    Aynan ayollar ommaviy ravishda islomga intilmoqda, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portaliga joylangan maqolada. Ana shundan kelib chiqib, maqolada dunyoning turli mamlakatlarida yashaydigan (Rossiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Keniya) to‘rtta ayolning islomga kirganidan so‘ng nimalarni his qilgani va hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani bilan tanishtirilgan.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    Yuliya, Rossiya: “Ayollar islomda javohirga o‘xshaydi!”

    Mening otim Yuliya, islomiy ismim esa Aysil. Men rossiyalikman. Alloh taoloning marhamati ila yarim yil burun islomga kirdim. Bundan juda ham baxtiyorman. Tan olishim kerak, ana shu voqeadan keyin hayotimda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Men yaratgan Rabbimizga imon keltirdim va U imonimni sabab qilib menga kuch-quvvat ato etdi, yana shundan xursandmanki, Parvardigorimizdan nimani so‘rasam, o‘shani berdi. U menga alhamdullillahni berdi, umid qilamanki, barcha odamlar bir kuni kelib ana shu tuyg‘uni his qiladi, inshoalloh.

    Islomda ayollar go‘yoki qimmatbaho javohirdek himoya qilinadi. Ana shu asrab-avaylash barcha masalada namoyon bo‘ladi – oilaviy munosabatlarda, hatto ajrim bo‘lgan vaqtlarda ham. Erkaklarga bir oz qiyinroq, Negaki, Islomda ko‘p vazifalar ularning zimmasiga yuklangan. Bu borada ayolning ishi oson – uning vazifasi erining o‘ng qo‘li bo‘lib, unga itoat qilishi, qo‘llab-quvvatlashi, yaxshi ayol va ona bo‘lishining o‘zi kifoya.

    Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ayollariga juda chiroyli muomalada bo‘lganlar. Bir safar Oisha onamiz roziyallohu anho tuyaga minmoqchi bo‘lganida  Payg‘ambar alayhissalom qo‘llarini tutgan ekanlar, Oisha onamiz u zotning muborak qo‘llariga oyoq qo‘yib xuddi zinadan ko‘tarilgandek bo‘lib tuyaga minib olgan ekanlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ana shu ishlari musulmonlarga ayolni e’zozlash, uni qadrlash borasida go‘zal namunadir. Bugungi erkaklar Payg‘ambarimizning ana shunday go‘zal odatlarini o‘rganmog‘i darkor.

    Alana, Buyuk Britaniya: “Mish-mishlarga emas, Qur’oni karimga ergashing!”

    Mening otim Alana. 23 yoshdaman. Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida yashayman. Mening islomga qadar bo‘lgan hayotim ham xuddi har bir yevropalikniki kabi edi. Men oliy ta’lim olib ishga joylashdim. Islomga uch yarim yil oldin kirdim. Bu mehnat ta’tiliga Ispaniyaga borganimda musulmonlar bilan tanishganimda ro‘y berdi. Ularning masjidga  qanday kirib-chiqishlarini kuzatdim. Mening mamlakatimda ham musulmonlar ko‘p bo‘lsa-da, ammo men Ispaniyada ular bilan yuzma-yuz bo‘ldim. Uyga qaytganimdan so‘ng bir yillar atrofida tadqiqotlar olib bordim – ko‘plab kitoblar o‘qidim va internetdan turli videoroliklar tomosha qildim. Dastlab dinimni o‘zgartirish niyatim yo‘q edi, shunchaki islomga qiziqqan edim. Bu din haqida faqat OAVda eshitganim sababli ko‘proq bilishni istardim.

    Islomni o‘rganishni boshlaganimga bir yil bo‘ldi va men masjidga borib kalima shahodatni aytib muslima bo‘ldim. Bu haqda eng yaqin do‘stlarimdan boshqa hech kim bilmas edi, o‘sha kuni juda qattiq tashvishga tushdim. Ramazon oyi boshlanganda ota-onamga muslima bo‘lganimni aytib boshimga ro‘mol o‘rab namoz o‘qimoqchiligimni va ro‘za tutmoqchi ekanimni bildirdim. Mening gaplarimni eshitib ular xursand bo‘lishdi va bu mening tanlovim ekanini, nimani istasam, o‘shani qilishim haqqim ekanini aytishdi.

    Islomga kirganimdan so‘ng mening islomda ayolga munosabat masalasidagi tushunchalarim o‘zgardi. Dastlabki kezlarda OAVda o‘qiganlarimga ishonib islom ayolni tahqirlaydi  deb o‘ylardim va shundan qattiq tashvishda edim. Ammo o‘zim muslima bo‘lganimdan keyin bu qarashim o‘zgardi. Men ayol kishi avratlarini yashirib yurishi zarurligini tushundim. Gap shundaki, muayyan majburiyatlar va qoidalar islomda faqat ayollarga emas erkaklarga ham yuklangan. Ammo ular insonlarning foydasiga xizmat qiladi.

    OAV nimalar deyotgan bo‘lsa, ularning hammasiga ishonish shart emas. Qur’oni karim nima deyapti, unga ishonmoq kerak!  Men bunga qat’iyan ishonaman. Men muslima bo‘lganimdan so‘ng qarshimda ko‘plab haqiqatlar ochilib ketganiga guvoh bo‘ldim.

    Oisha, Keniya: “Alloh taolo menda umid uyg‘otdi”

    Mening ismim Oisha. Keniyada tug‘ilganman. Ammo Italiyada voyaga yetdim. Keyin Avstraliyaga ko‘chib keldik. Islomga kirgunimga qadar styuardessa bo‘lib ishlagan edim, juda ham to‘q va badavlat yashar edik. Mening aql-u hushim Gollivudda bo‘lib u yerda yuz berayotgan har bir hodisani jon-u dilim bilan kuzatib borar edim.

    Men islomni umrimning eng zimiston pallasida topdim ­– men o‘zligimni yo‘qotgan edim. Nima uchun yashayotganimni bilmasdim, dahshatli depressiyaga tushib qolgan edim ­ – spirtli ichimliklar ichardim va giyohvand moddalar iste’mol qilardim. Men o‘zimni yo‘qotgan edim va bundan qattiq aziyat chekar edim. Ammo Alloh taolo menga umid berdi. Kunlarning birida televizorda Malkolm Iksning qanday qilib islomga kirgani haqidagi teleko‘rsatuvni tomosha qilib o‘tirgan edim. O‘shanda dunyoning ko‘plab insonlari islom diniga kirib ketayotganini eshitib hayratga tushdim. Alhamdulillah, ana shu ko‘rsatuv mening hayotimda keskin burilish yasadi. Men o‘zimni qutqarish uchun tezkorlik bilan  nimadir qilmasam, aqldan ozishim aniqligini tushunib qoldim.

    Menga eng katta ta’sir ko‘rsatgani Qur’oni karim bo‘ldi. Men uni Alloh taoloning butun insoniyatga murojaati deb tushundim. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaxsini va u zotning oxirgi payg‘ambar ekanini bilganimdan so‘ng islomga kirishga boshqa ikkilanib o‘tirmadim.

    Ana shundan keyin hayotim o‘zgarib ketdi. Alloh taoloning borligini, Uning Rasulini va sahobalar hayotini o‘rgangach hayotga qarashim butunlay boshqa uzanga tushib olganini his qildim. Alloh taolo ato etgan bir ilhom ila Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sabrini va sabr qilishdan rohatlanishlarini  o‘zlashtirdim. Mening hayot yo‘limga eng go‘zal namuna Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ibratli hayoti bo‘ldi. Men o‘sha kundanoq bir muslima ayol sifatida har bir harakatimni u zotning sunnatlariga amal qilish bilan davom ettirishga qaror qildim. Ana shu yondashuv hayotimni tubdan o‘zgartirib yubordi.

    Nima uchun doim globusni olib yuraman, bilasizmi? Chunki bu dunyoning unchalik katta joy emasligini va biz bu dunyoga aniq maqsad bilan kelganimizni yodda saqlab turish uchun shunday qilaman. Shunindek, dunyoda menga o‘xshagan va mening oldingi kunlarimdagiga o‘xshab islom dini haqida hech narsa bilmaydigan odamlar juda ham ko‘p. Umid qilamanki, hechqursa ularning muayyan qismi bo‘lsa ham islomni tanib qolsa, Alloh taolo ularning qalbini O‘z nuri bilan munavvar aylasa, inshoalloh...

    Sara, Avstraliya: “Islomdan oldin men bunga o‘xshash biror narsa ko‘rmagan edim”

    Qachon namoz o‘qimoqchi bo‘lib joynamozning ustiga chiqsam qalbim shu qadar farahbaxsh tuyg‘uga limmo-lim bo‘ladiki, Islomga qadar bunday ajoyib hissiyotni sezmagan edim.

    Men avstraliyalik musulmon ekanimdan faxrlanaman. Biroq men islomga qarab juda uzoq yo‘l bosib keldim – Islomga oid kitoblar o‘qidim, internetdan roliklar tomosha qildim, ma’ruzalar eshitdim. Men nasroniylik va katoliklik kayfiyati g‘oyat ustuvor bo‘lgan shaharda ulg‘aydim. Islomga esa universitetning psixologiya fakultetida o‘qiyotganimda kirdim. Islom inson baxtli yashashi uchun hamma savollarga javob beradi va uni to‘g‘ri yo‘lga solib turadi. Islom insonga ma’naviy uyg‘unlikni topishiga yordam beradi. Men burungi e’tiqodimdan aynan shu narsani topa olmagan edim.  

    Ota-onam va yaqinlarim mening islomga oid asarlarni o‘qiyotganimni ko‘rganida va men muslima bo‘lganimni e’lon qilganimda unchalik hayratga tushmadi. Chunki yaqinlarim mening yaxshi tarafga o‘zgarayotganimni ko‘rgani bois bu qarorimni qo‘llab-quvvatlashdi.

    Bugun islom haqida salbiy fikr eshitib qolgudek bo‘lsam, darhol qo‘limga Qur’oni karimni olib uni o‘qishga tushaman. U – mening hayotimdagi yo‘lboshchim. Ana, Qur’oni karimni o‘qib ko‘rsinlar... unda nizokorlik, fitnakorlik, zinokorlik qilish, odamlarga azob-uqubat yog‘dirish haqida nimalar yozilganini o‘rgansinlar...  Mening mamlakatimda yashaydigan musulmonlar tinchliksevar, xushmuomala, oilasi haqida qayg‘urib, baxtli hayot kechirayotgan go‘zal axloqli insonlar. Ammo bu haqda OAVda ko‘p yozishmaydi...

    14.06.2018, 08:13   Izoh (0)   57631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik ishchilarni Polshaga jo‘natishni boshladi

    14.06.2018, 07:42

    O‘zbekistonda bir oyda 1,5 trln so‘m pensiya tarqatilmoqda

    14.06.2018, 07:22

    Samarqandda pochtaning tarixiy binosi buzilmasligi ma’lum qilindi

    13.06.2018, 23:33

    Yaponiya o‘zbekistonlik tadbirkorlarni mamlakatga taklif etmoqda

    13.06.2018, 23:21

    Navoiyda “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

    13.06.2018, 21:53

    Toshkentdagi bozor avtoturargohidan 18 mln so‘mni olib ketgan o‘g‘ri ushlandi

    13.06.2018, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00

    Roberto Badjoning noaniq zarbasi, Messi va Suaresning kutilmagan yurishi. Futboldagi penalti qoidasi haqida

    Futbol | 29 iyun, 21:42

    “Komadagi Oliy Majlisni tiriltirish kerak” — Hamid Sodiq davlatning tashqi bosimlarga dosh berishida parlament o‘rni muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 21:25

    Superliga. “Bunyodkor” dramatik o‘yinda “So‘g‘diyona” ustidan g‘alaba qozondi

    Sport | 29 iyun, 21:17

    Buyuk Britaniya portida 2,4 tonna kokain aniqlandi

    Dunyo | 29 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.