Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Polshaning JP Construct va Arrow kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, O‘zbekiston fuqarolarini mehnat faoliyatini yuritish uchun Polshaga yuborishga oid kelishuvlar imzolagandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportidan 12-iyun kuni dastlabki 4 kishi —andijonlik Ilhomjon Mahmudov, Ulug‘bek Hasanov, Abdulla Abdurashidov va toshkentlik Rustam Shotullayev ishlash uchun Polshaga uchib ketdi.
Agentlik rahbarining o‘rinbosari U.Nazarov boshchiligidagi delegatsiya Polshada bo‘lib, qator muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular davomida qator xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi kompaniyalar va ish beruvchilar bilan muloqot o‘rnatildi. Polsha kompaniyalari O‘zbekiston mehnat bozoriga katta qiziqish bildirdi. Jumladan, agentlik va Alsena-Group kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Izoh (0)