Joriy yil 12-iyun kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida soat 22:15 atrofida noma’lum shaxs avtomashinasida “Uchqo‘rg‘on—Haqqulobod” yo‘lida tumanning “Mug‘ol” mahallasida yashagan Anvar Ergashevni velosipedida ketayotgan vaqtda urib yuboradi va jabrlanuvchiga yordam bermay, voqea joyidan qochib ketadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Yuz bergan hodisa oqibatida Anvar Ergashev voqea joyida halok bo‘ldi. Unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatganida balki hayoti saqlab qolingan, ota-ona farzandsiz, ayoli beva, 3 yoshli qizaloq esa otasiz qolmagan bo‘lardi.
Mazkur hodisaga guvoh yoki haydovchi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar xodimlari yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan.
Izoh (0)