KXDR yetakchisi Kim Chen AQSh prezidenti Donald Trampni iyulda Pxenyanga tashrif buyurib, u yerda oliy darajadagi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishga taklif qildi, deb yozadi “TASS”.
Janubiy Koreyaning “Chunan ilbo” gazetasi o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, bunday taklif 1-iyun kuni Trampga KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol tomonidan berilgan xatda bo‘lgan. Gazeta qayd etishicha, “ikkala tomon ham o‘shanda aloqalarni oliy darajada davom ettirishga shayligini bildirgan”.
Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy uchrashuv 12-iyun kuni Singapurning Sentos orolidagi Capella mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Ikkala yetakchi ham allaqachon Singapurga yetib kelgan.
Izoh (0)