KXDR yetakchisi Kim Chen In va Amerika prezidenti Donald Tramp 12-iyun kuni Singapurdagi sammitda ikki mamlakat o‘rtasidagi “yangi aloqalar”ni muhokama qiladi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, mamlakat yetakchilari o‘zaro manfaatli bo‘lgan masalalar bo‘yicha fikr almashadi.
“Bu ham KXDR va AQSh o‘rtasida o‘zgargan davr talablariga muvofiq yangi aloqalar o‘rnatish va Koreya yarim orolida doimiy va barqaror tinchlik tizimini yaratish masalasi, ham Koreya yarim orolini qurolsizlantirishni amalga oshirish va boshqa masalalar”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)