KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan uchrashdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Uchrashuv aks etgan videoyozuv bosh vazirning Facebook’dagi sahifasiga joylandi.
Videoda siyosiy arboblar qo‘l siqishgani, so‘ng ikkala mamlakat delegatsiyalari bilan salomlashganini ko‘rish mumkin. Shimoliy Koreya yetakchisi Li Syanlunga sammitga tayyorlanishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi. Singapur bosh vaziri ham Kim Chen Inga tashrifi uchun rahmat aytdi.
Avvalroq Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan Kim Chen In bilan uchrashganini ma’lum qilgan edi.
https://www.facebook.com/leehsienloong/videos/1894279293968101/?t=1
Izoh (0)