• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xolida Shomahmudova: Urush payti ham oq non yeganmiz

    Ikkinchi jahon urushi payti 14 nafar ota-onasiz qolgan bolalarni bag‘riga olgan Shomahmudovlar oilasi haqida nafaqat O‘zbekistonda, balki chet davlatlarda ham ko‘pchilik biladi. Shoahmad Shomahmudov va Bahri Akramova boshpanasiz qolgan ko‘plab jabrdiydalar boshini silab, insonparvar o‘zbek xalqining timsoli sifatida cheksiz hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lgan. Ular sharafiga Toshkent shahrida o‘rnatilgan yodgorlik xalqlar do‘stligi va insonparvarlikning betakror namunasidir. Jurnalist Manzura Bekjonova Shomahmudovlar oilasining katta qizi Xolida aya (Olga Semyonovna) bilan suhbat qurdi. E’tiboringizga ushbu suhbatni to‘lig‘icha havola etamiz.

    Foto: Facebook / @Manzura Bekjonova

    Foto: Facebook / @Manzura Bekjonova

    Yozuvchi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan yaratilgan “Sen yetim emassan” badiiy filmini ko‘rgan borki urushga — la’nat, tinchlikka shukrona keltiradi.

    Biz 9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Shoahmad ota va Bahri onaning katta qizi Xolida aya (Olga) Shomahmudovani ziyorat qilishga bordik. Onaxon bizga yoshligi, urush xotiralari haqida qiziqarli voqealarni gapirib berdi.

    —Xolida aya, qanday qilib Toshkentga kelib qolganingizni eslay olasizmi? Bu yerda sizni qanday kutib olishgan?

    —Urush boshlanganida bombardimonda ota-onamdan ajralganimni, askarlar bilan okopda bir hafta yashaganimni, ular meni qahva va non bilan siylashganini eslayman. Hamma yoqda urush, yong‘in, vahima... o‘q tovushlari eshitilib turardi. Keyin bir guruh yetim qolgan bolalar bilan qo‘shib kemaga chiqarib yuborishdi. So‘ng poyezdga, mashinaga o‘tqazib, Toshkentdagi 41-bolalar uyiga olib kelishdi.

    Bolalar uyiga kelishimiz bilan oldimizga bir tog‘orada olma, bir tog‘orada qulupnay qo‘yishdi. Xonalar issiq, tagimizda chiroyli gilamlar bor edi. Keyin biz bilan kelgan bolalarning hammasini yangi ota-onalari olib ketdi. Faqat bir kattaroq bola bilan men qoldik. Qachon bizni ham olib ketishar ekan, deb kutdik (ota-onamni sog‘inib ko‘p yig‘lar edim. Juda yosh bo‘lganman-da. Hozir saksondan oshgan qari kampir bo‘lsam-da ota-onam esimga tushsa yosh boladay ko‘zimga yosh olaman).

    Keyin Bahri onam keldi. Qo‘lida yana bir yosh bola ham bor edi. U ro‘molini olib, mening boshimga o‘radi va qo‘limdan ushlab olib ketdi. Uylariga kelganimizda qo‘limga bitta konfet va kichkina piyolada oq choy (shirchoy) berdi. U yerda mendan oldin kelgan Samug‘, Ne’mat, Rafiq va boshqa bolalar ham bor edi. Bahri onam: “Mana bu dadang, men — oying, bular aka-ukalaring”, deb hammani menga tanishtirdi. Hech qulog‘imdan ketmaydi uning mehr bilan aytgan so‘zlari.Bahri onam yetimlik uqubatlarini o‘z boshidan kechirgan. Uch yoshida otasi, o‘n yetti yoshida onasidan ayrilgan. O‘zining ham farzandlari bo‘lmagan. Shuning uchun ham bizga o‘z bolasidek mehr ko‘rsatib tarbiya berardi. Qo‘limga supurgi berib sekin-sekin uy supurishni, hovliga, sigirga qarashni o‘rgatdi. Oilamiz katta, ko‘p bolali... so‘ng onamning yonida yurib, ukalarimga qarasha boshladim.

    Otam ham bizga mehribon, juda mehnatkash inson edi. Undan temirchilikni, dehqonchilikni, onamdan ro‘zg‘or tutishni, tikish-bichishni o‘rgandik. Bir-birimizga juda g‘amxo‘r edik. Ko‘chada birontamiz bolalar bilan urishib qolsak, hammamiz borib yonini olardik. Shu bois hech kim bizga bir og‘iz ortiqcha gap gapirolmasdi.

    Foto: Facebook / @Manzura Bekjonova

    Foto: Facebook / @Manzura Bekjonova

    —Shuncha bola bir oilada qiynalmaganmisizlar? Yeyishga ovqat, kiyim-kechak yetarli bo‘lganmi?

    —Hamma narsa yetarli bo‘lgan. Davlat, mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar yordam qilishardi. Hatto Moskvadan Anna Afanasyevna degan jurnalist ayol kelib biz haqimizda “Pravda Vostoka” gazetasiga maqola yozgan. Shundan keyin bizga bitta sigir va yer ajratib berishdi. Yerimizga avval beda ekdik, keyin bug‘doy, jo‘hori...

    Asta-asta ulg‘ayib, aqlimiz kirib bordi. Dadam bilan o‘rilgan bug‘doyni g‘aram qilishni, aravaga ortishni o‘rgandik. Barcha bolalar qo‘limizga to‘qmoq olib bug‘doy yanchganimiz, keyin dadam xaltaga solib berganlari, so‘ng Ko‘kchadagi tegirmonchi unni tekin tortib bergani ham esimda. Onam bir yopishda 80-100 talab non yopardi. Katta qozonda har kuni ikki marta ovqat qilardi. Urush payti bo‘lsa ham hecham och qolmaganmiz.

    Otam temirchi edi. Otlarga, eshaklarga suvliq yasardi. Biz unga dam bosishga yordam berardik. Uyimizda tancha bor edi. Hovlimizda esa bitta karavot... Men karavotda, aka-singillarim ko‘rpachada qator bo‘lib yotardik. Osmondagi yulduzlarni tomosha qilib, yulduz sanab uxlab qolardik.

    —Sizga nima uchun Xolida deb ism qo‘yishgan?

    —Yuzimda, peshanamda holim bo‘lgani uchun uyda ham mahallada ham, maktabda ham meni Xolida deb chaqirishardi. Shu-shu Xolida bo‘lib qoldim. Bu ism o‘zimga ham yoqqan.

    —Tutingan aka-singillaringiz, ularning farzandlari bilan ko‘rishib turasizmi?

    —Oilamizda o‘zbek, tatar, rus, belorus, moldavan, yahudiy, qozoq bolalar ham bo‘lgan. Ammo biz millat ayirmasdik. Bir-birimizni yaxshi ko‘rardik. Hozir ham qarindoshlarimiz bilan bordi-keldi qilib turamiz. Ayrimlari rahmatli bo‘lib ketgan. Halima Toshkentda yashaydi. Yo‘ldosh (Fyodor) oilasi bilan Rossiyada yashaydi. Urushdan keyin uning buvisi, xolasi topilgan.

    —Qanday qiziq voqelarni eslaysiz? O‘sha paytlar mehr-oqibat qanaqa bo‘lgan?

    — U paytlarda mehr-oqibat boshqacha edi. Ammo yomon odamlar ham bo‘lgan. Undaylar hamma vaqt ham topiladi.

    Urushdan keyingi voqealardan uyimizga o‘g‘ri tushgani esimda. O‘sha paytlar Samad degan o‘g‘ri bor edi. Bir kuni u mendan “uylaringda arqon bormi?” deb so‘radi. Men undan shubhalandim. O‘ylaganimday u bizning sigirimizni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan ekan. Shunga arqon so‘ragan. Shu kuni kechasi hovliga chiqsam Samad aka tomda poylab o‘tirgan ekan. Men “dada, tomda o‘g‘ri o‘tiribdi”, deb baqirdim. O‘g‘ri esa tomdan sakrab, qochib ketdi (u paytda tomlar past bo‘lardi). So‘ng makkajo‘hori ekilgan dalaga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

    U boshqa kuni uyimizga o‘g‘rilikka tushib, qopdagi bug‘doyni, tariqni, jo‘horini hatto bolalarning kiyimigacha olib ketdi. Shundan keyin otam militsiyaga aytdilar. Keyin Samad o‘g‘rini qo‘lga olishdi. Biz sigirimizni o‘g‘irlashmaganiga ham xursand edik. U bizning boquvchimiz edi-da. Har kuni sut ichib katta bo‘lganmiz. Shuning uchun ham iligimiz to‘q bo‘lgan.

    Foto: Facebook / @Manzura Bekjonova

    Foto: Facebook / @Manzura Bekjonova

    —O‘zingiz, farzandlaringiz, orzu-yu armonlaringiz haqida ham gapirib bering...

    —O‘zim turmushga chiqib birgina qiz farzand ko‘rdim. Ammo turmush o‘rtog‘im bilan birga uzoq yashamadim. Keyin qizimni yolg‘iz katta qildim, turmushga berdim. Ammo u erta vafot etdi. Hozir ikki nevaram, uchta chevaram bor. Urushdan keyin tikuvchilik korxonasida ishladim, dalada paxta terdim (namunali mehnatim uchun menga ham bir qator orden va meddallar berishgan). Keyin magazinda farrosh bo‘lib ishlab, pensiyaga chiqdim. Hozir Jarariq mahallasidagi hovlimizda nevaram Layloning oilasi bilan turaman.

    Bir necha yil oldin echkimiz bor edi. Qo‘shni “hidi chiqadi” deb, uchastka noziriga aytgan ekan, sotishga majbur bo‘ldik. Mana tomorqamizda qancha o‘tlar o‘sib yotibdi... Qo‘y yoki echki bo‘lganda boqardim. Toza qarardim...

    —Ota-onangiz sizga qanday tarbiya berishgan?

    — Chaqimchilik — eng yomon odat. Yaxshilik, saxiylik eng yaxshi fazilat deyishardi ular doim. Ota-onam bizga insonlarni sevishni, hurmat qilishni o‘rgatishdi. Otam: “Hech qachon birovga yomonlik qilmanglar, duo qiling, duosini oling. Birovga yomonlik qilsangiz, Xudo kitobiga yozib qo‘yadi. Keyin sizga ham boshqalardan yomonlik qaytadi” der edi.  Shukur hozir kimdir safarga ketadigan bo‘lsa, “meni duo qiling” deb oldimga keladi. Jurnalistlar ham ko‘p kelishadi. Hammani duo qilaman.

    —Shomahmudovlar oilasi haqidagi “Sen yetim emassan” filmini ko‘rganda nimalarni his qilasiz?

    —Shu kinoni juda yaxshi ishlashgan. Ijodkorlarga katta rahmat! Har safar ko‘rganda bolalik xotiralarim, otam, onam, ukalarim esimga tushadi. Ammo bir-ikkita e’tirozlarim ham bor. Filmda Bahri onam yomg‘ir ostida nonga borib kelgan joyini ko‘rsam yuragim ezilib ketadi. Bu badiiylashtirilgan film-da... Biz uning bunaqa yomg‘irda ko‘chaga chiqib ketishiga hecham yo‘l qo‘ymasdik. O‘zingiz o‘ylang, shuncha bolalar turib, yomg‘ir-qorda Ona nonga borib keladimi?!Bundan tashqari biz qora non yemasdik. Urush payti ham oq non yeganmiz. O‘zimiz yetishtirgan bug‘doydan onam oppoq issiq nonlar yopib berardi. Mahallamizdan ham faqat oq non kelardi. Haliyam mahalla qarab turmaydi. Nima so‘rasak yordam beradi. Men mahalla qo‘mitasini doim duo qilaman, umrlariga baraka bersin. Umuman o‘zbek xalqining mehri chegara bilmaydi.Televizorda chet ellarda urushdan qochganlarni, hatto bolali oilalarni qabul qilmayotgan mamlakatlarni ko‘rsam yoqa ushlayman. O‘zbek xalqi o‘tgan asrdagi urushda minglab evakuatsiya qilingan odamlarni o‘z bag‘riga olgan. O‘zi yemay yedirgan, ichmay ichirgan. Nega boshqalar ham shunday bo‘lolmaydi?!

    Oilamiz sharafiga qo‘yilgan yodgorlikning yana o‘z joyiga keltirilganidan juda xursand bo‘ldim. Prezidentimizga katta rahmat. Xalqlar va millatlararo do‘stlik rishtalarini mustahkamlash bo‘yicha xayrli ishlar qilyapti. Ilohim uni yaratganning o‘zi qo‘llasin, umridan baraka topsin!

    08.06.2018, 14:13   Izoh (0)   37223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butunjahon jarroh-onkologlar federatsiyasining (WFSOS) 11 nafar a’zosi Samarqandga tashrif buyurdi

    08.06.2018, 13:59

    Turkiyaning Bodrum shahrida O‘zbekiston fuqarosi daraxtga osilgan holda topildi

    08.06.2018, 13:48

    O‘zbekiston Xitoyga 3 000 tonna mayiz va 2 000 tonna yong‘oq eksport qiladi

    08.06.2018, 13:36

    Buxorolik erkak rafiqasining vafot etganini aytgan shifokorni do‘pposladi

    08.06.2018, 13:24

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Facebook’da shaxsiy sahifasini ochdi

    08.06.2018, 13:00

    Buxoroda bir guruh “eshak o‘g‘rilari” qo‘lga olindi

    08.06.2018, 12:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lukashenko aholini “hokimiyat uchun duo qilish”ga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyul, 09:55

    So‘nggi “O‘rgimchak odam” rejissyori Reddit’dagi birgina post sabab mashhur sahnani o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi

    Kino | 1 iyul, 09:45

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:29

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    Kino | 1 iyul, 09:28

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.