Turkiyaning Bodrum shahrida O‘zbekiston fuqarosi osilgan holda topildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Jasad Gumushluk plyajida sohil chizig‘idan taxminan 20 metr uzoqlikdagi daraxtdan topilgan.
Ushbu holatdan shokka tushgan sayyohlar, mahalliy aholi vakillari, politsiya hamda shifokorlarni yordamga chaqirgan.
Jasadni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish natijalari u daraxtda bir necha soat osilib turganini ko‘rsatdi.
Keying tekshiruvlar natijasida marhumning shaxsi aniqlandi. U 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shuteratbek Rasulov bo‘lib chiqdi.
Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum. Shuteratbek Rasulovning jasadi Mug‘la provinsiyasi sud-tibbiy instituti o‘likxonasiga olib borilgan.
Politsiya xorij fuqarosining o‘limi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Izoh (0)