Samarqand shahridagi “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida “Quvnoq bolalar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi 25 o‘rinli bo‘lib, guruhlar soni bittani tashkil etadi. Hozirgi kunda tarbiyalanuvchilar soni 20 nafarga yetgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Ushbu ta’lim muassasasining ochilishi natijasida 7 kishi ish bilan ta’minlangan. Muassasada ta’lim rus va ingliz tillarida davlat talablari asosida olib boriladi. Bundan tashqari raqs, gimnastika to‘garaklari ham faoliyat olib bormoqda.
“Quvnoq bolalar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimida shahar hokimining o‘rinbosari T.Nabiyev, shahar prokurori yordamchisi Z.Hamdamov, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasidan L.Rahmatova hamda mahalla oqsoqollari, faollari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Izoh (0)