Samarqand viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli bo‘lgan “Bog‘izag‘on NIM” stansiyasida ikkinchi toifali navbatchi elektromontyor bo‘lib ishlab kelgan fuqaro o‘zi ishlayotgan korxona qorovulxonasida fohishaxona tashkil qilgan. Jinoyat Tayloq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlangan: IIB xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchisi sifatida jalb qilingan “Ortiq” va “Yulduz” ismli shaxslarga elektr stansiya xodimi 40 000 so‘m evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun joy ajratib bergan, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
Fuqaro 2010-yildan beri elektr tarmoqlari korxonasida ishlab kelgan. U 2014-yildan Samarqand viloyati ETKga qarashli “Bog‘izag‘on NIM” hududiy stansiyasida elektromontyor bo‘lib ishlay boshlagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudi sudyasining sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Izoh (0)