Qadimgi Rimning Pompei shahrida yashagan erkakning qoldiqlari topildi. U milodning 79-yilida Vezuviy vulqoni otilishi natijasida halok bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Olimlarning taxmin qilishicha, erkak halok bo‘lgan vaqtda taxminan 35 yoshda bo‘lgan va oyog‘ida muammolari bo‘lgan. Bu unga vulqon otilgan vaqtda shaharni tark etishga imkon bermagan bo‘lishi mumkin. Fojia vaqtida u ko‘chada bo‘lgan. Mutaxassislar uning topilishini ishonib bo‘lmas deb atamoqda.
Izoh (0)