Quyosh rentgen astronomiya laboratoriyasi ukrainaliklarni besh kun davom etadigan magnit bo‘ronidan ogohlantirmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Magnit bo‘roni 1-iyun kuni boshlanadi, 2-iyun kuni esa uning kuchi G2 darajasigacha ko‘tariladi.
3, 4 va 5-iyun kunlari, uch kun mobaynida Quyosh ta’siri meteoqaram insonlar uchun seziladi.
“Ob-havoga ikki toifali insonlar sezuvchan bo‘ladi. Bu yurak-qon tomir (gipertoniya) kasalliklariga chalingan keksa insonlar yoki distoniya deb ataluvchi xastalikka chalingan yoshlardir”, — deydi shifokor-terapevt Marina Krapivner.
Izoh (0)