Isroil aviatsiyasi mamlakat janubidagi minomyot otishmaga javoban G‘azo sektorining markaziy qismiga hujum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Falastinning XAMAS harakati rahbariyatining qayd etishicha, gap G‘azo sektori tomondan 2014-yildan beri eng yirik otishmaga Isroilning javobi haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu falastinliklarni isroilliklarga hujum qilganlikda aybladi.
“Butun olam bilsin: G‘azo sektoridagi falastinlik terrorchilar Isroilga hujum qilishda davom etmoqda”, — deb yozadi Isroil bosh vaziri Twitter’da.
Izoh (0)