Arabiston yarim oroliga yopirilgan Mekunu sikloni tufayli Ummon va Yamanda eng kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Ummonda bir necha kun ichida yog‘ingarchilik miqdori yillik me’yordan uch baravar ortgan. Ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
BMT ning qayd etishicha, kuchli shamol tufayli kamida yetti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi esa bedarak yo‘qolgan.
500 dan ortiq oilalar uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Yo‘llar, elektr tarmoqlari va suv ta’minoti buzilgan.
https://twitter.com/Bex2018Geobex/status/1000260503149608961
Izoh (0)