KXDRning Rodong Sinmun markaziy gazetasi 29-may kuni Vashington va Seuldan qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatishni talab qildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlar tarixda birinchi marotaba bo‘lib o‘tayotgan AQSh—KXDR sammitining tayyorgarligi ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi, deb xabar berdi “TASS”.
“Agarda sizlar mazkur uchrashuvning o‘tkazilishini chin dildan istasangiz, hamkorlaringizni qo‘rqitish yo‘lida spektakl uyushtirmasligingiz kerak”, — deyiladi xabarda.
Unda har yili yozda Amerika va Janubiy Koreya tomonidan o‘tkaziladigan qomondonlik shtabi mashg‘ulotlari nazarda tutilgan.
“KXDR va AQSh mavjud muammolarni bartaraf etishda dialogni ilgari surayotgan bir paytda Koreya yarimorolidagi ziddiyatlarni kuchaytiradigan ushbu mashqlarga ehtiyoj bormi?”, — deya savol beradi gazeta.
Ularning ta’kidlashicha, aynan ushbu harakat Vashingtonning tinchlikka sidqidildan intilayotganini ko‘satib beruvchi qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh (0)