Avvalroq Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 31-may kuni taqimot o‘tkazib, o‘z yubileyiga bag‘ishlangan Mi 8 flagmanini namoyish etishini e’lon qilgan edi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Shuningdek, Xiaomi kompaniyasi MIUI 10 ni hamda Mi Max 3 va Mi Band 3 kabi boshqa bir nechta mahsulotlarini ham taqdim etishi mumkin. Yaqinda internetda Mi 8 ning hamda Xiaomi Mi 7 yoki Redmi 6 deb taxmin etilayotgan yana bir gadjetning fotosuratlari paydo bo‘ldi.
Xiaomi Mi 8 displeyiga avval tarqalgan tasvirlardagi kabi “qosh” tushirilgan. Shuningdek, orqa paneli shaffof shishadan yasalgan bo‘lib, uning ichki tuzilishini aks ettirib turadi. U orqali hatto, taniqli Qualcomm logotipiga ega Snapdragon chipsetini ham ko‘rish mumkin.
Shuningdek, internetda Xiaomi Redmi 6 deb taxmin etilayotgan qurilma tasvirlari ham tarqaldi. Suratda qurilma prototipi aks etgan. Uning keng “iyagi” va orqa paneli Redmi 5 ni eslatadi.
Izoh (0)