2018-yilgi iPhone lineykasida iPhone X nikiga o‘xshash dizaynga ega, ammo arzonroq suyuq kristalli displey o‘rnatilgan 6 dyuymli yoki 6,1 dyuymli model bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Uning taxminiy narxi 700—800 dollarga teng. Apple ushbu smartfonda LG tomonidan ishlab chiqarilgan va yaqinda taqdim etilgan G7 ThingQ smartfonida qo‘llanilgan MLCD + texnologiyasidan foydalanishi mumkin.
Business Korea nashri bu ma’lumotni tasdiqladi va 6,1 dyuymli MLCD + displeyli iPhone tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Gadjetga IPS turidagi oddiy suyuq kristalli displeydan ko‘ra kamroq quvvat sarf qiluvchi yorqin ekran o‘rnatiladi.
Izoh (0)