Apple kompaniyasi smartfondagi ma’lumotlarga kirishni murakkablashtiruvchi funksiya qo‘shdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
iOS 11.4 ning kodida USB orqali kirishni cheklash rejimi aniqlandi. Yangi kiritilgan funksiya agar telefon bir hafta davomida bloklangan qolsa, USB ma’lumotlarni o‘chiradi.
Qoidaga ko‘ra, agar politsiya yoki maxsus xizmatlar gumonlanuvchining smartfonini ocha olmasa, u ekspertlar kelguniga qadar bloklangan holda qoladi. Biroq endi USB orqali kirishni cheklash rejimi telefonning uzoq vaqt davom etgan blokirovkasidan keyin foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini olishga imkon bermaydi.
Ta’kidlanishicha, bunday cheklov smartfon egasiga hech qanday xalaqit bermaydi, u parolni kiritib smartfonni ochgach, qurilmaning ixtiyoriy imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Izoh (0)