Avvalroq Samsung kompaniyasining ekran ostidagi biologik tanib olish texnologiyasiga ega ilk flagmani Note 9 bo‘lishi kerakligi xabar berilgan edi. Fabletning joriy avlodida skaner an’anaviy ravishda orqa panelga joylashtirilgan, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Keyinroq kompaniya ushbu texnologiyani ishga tushirishga hali tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi. Barcha umid 2019-yil yanvarida taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy S10’dan, deyiladi xabarda. Yubiley qurilmada qandaydir o‘ziga xos xususiyat bo‘lishi kerak.
Koreyadan kelib tushgan mish-mishlarga ko‘ra, texnologiyaning aniqligi va chidamliligini oshirish uchun kompaniya o‘zining ultratovushli yechimini ishlab chiqmoqda. Xabar berilishicha, Samsung’ning ultratovushli ekranosti barmoq izi skaneri ustidagi ishlar yakunlangan, ammo Galaxy S10 chiqadigan vaqtgacha uning mahsuldorligi va aniqliligi yaxshilanishi kerak.
Izoh (0)