“Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske Zinedin Zidanning murabbiylik faoliyatini boshlashishiga ishonmagani haqida so‘zladi, deb yozadi “Sports.ru”.
“O‘sha vaqtlarda Zidanning yulduzli faoliyatidan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlashiga umuman ishonmagandim. U futboli yakkakurashlarga boy Italiyadan kelgandi. Shubhasiz, Zidan juda katta va cheksiz iqtidorga ega o‘yinchi edi va u ispan futboliga tezroq moslashishga harakat qildi, oxir-oqibatda esa juda yaxshi moslashib ham oldi. U “Real”dagi o‘yinidan “Yuventus”dagiga qaraganda ko‘proq lazzat oldi”, — deydi murabbiy.
Ma’lumot uchun “Real Madrid” safida Zidan Visente Del Boske qo‘li ostida 2001-yildan 2003-yilgacha to‘p surgan.
Izoh (0)