Biroz vaqt muqaddam “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri iste’fosini e’lon qildi.
“Mauritsio Sarriga “Napoli”dagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. U yaratgan o‘yin uslubi barchani hayron qoldirdi. Qoyil, Mauritsio!”, – deb yozadi De Laurentis Twitter’dagi sahifasida.
Sarrini iste’foga chiqargan neapolliklar darhol jamoaning yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirib ulgurdi. Italiyalik mashhur futbol mutaxassisi Karlo Anchelotti “Napoli” bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Izoh (0)