“Monako”ning kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkaoga soliqlardan qochgani uchun qattiq jazo tayinlandi, deb yozadi “Sports.ru”.
Qayd etilishicha, Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi va 9 million yevro miqdorida jarima belgilangan.
Ammo ispan qonunchiligiga ko‘ra faqatgina ikki yildan ortiq muddatga qamalganlar jazoni qamoqxonada o‘taydi, shu boisdan Radamel faqat belgilangan jarimani to‘laydi, xolos.
Madridning “Atletiko” klubida 2011-yildan 2013-yilgacha faoliyat olib borgan Falkao o‘z daromadlari haqida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish hamda 5 million yevrodan ortiq miqdordagi moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirishda aybdor deb topilgan.
Izoh (0)