Hindiston Mudofaa vazirligi yangi qurollanishni yaratish yo‘lida sun’iy intellektdan foydalanishga qaror qildi, deb xabar beradi Times of India.
“Bu Hindistonning keyingi avlod urushiga tayyorgarligi. Kelajak — sun’iy intellektniki. Biz avtomatlashtirilgan va robotlashtirilgan keyingi avlod urushiga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim”, — deydi vazir Ajay Kumar.
Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, mamlakat qo‘shinlari haydovchisiz boshqariladigan tanklar, transport vositalari va jangovar robotlar bilan ta’minlanadi. Texnologiyani joriy etish bilan maxsus ishchi guruh shug‘ullanadi. Ular orasidan Qurolli kuchlar ofitserlari va xususiy kompaniya vakillari o‘rin olgan.
Izoh (0)