Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida gaz quvuriga hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Noma’lum shaxslar qurilish jarayoni davom etayotgan Turkmaniston—Afg‘oniston—Pokiston—Hindiston gaz quvuriga hujum qildi.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Hozirga qadar mamlakat hududida faoliyat yurituvchi ekstremistik guruhlardan hech biri hujum javobgarligini o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)