Shahzoda Garri to‘yi kuni rafiqasi Megan Marklga onasi malika Diananing brilliant va yoqut bilan bezatilgan uzugini sovg‘a qildi, deb yozadi Daily Mail.
Vindzor qasridan chiqib, 1968-yilgi Jaguar’ga o‘tirayotgan Megan qo‘lini ko‘targanida reportyorlar malika Diananing uzugini tanigan.
https://twitter.com/KensingtonRoyal/status/997910298601410560
Diana 1997-yilda avtohalokat oqibatida vafot etganidan so‘ng uning o‘g‘illari Uilyam va Garri onasiga tegishli buyumlarni o‘zro bo‘lib olgan edi.
Uilyam onasiga tegishli Cartier Tank Francaise soatini, Garri esa onasining brilliant va yoqut bilan bezatilgan nikoh uzugini tanlagandi.
Garri va Meganning to‘yi 19-may kunduz kuni bo‘lib o‘tdi. Marosimga 2,6 ming nafar mehmon tashrif buyurdi. Ularning orasida xonanda Elton Jon, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri, tennischi Serena Uilyams, aktyor Jorj Kluni, Viktoriya va Devid Bekxem, shuningdek qirollik oilasi a’zolari bor edi.
Izoh (0)