Mart oyining oxiridan beri G‘azo sektoridagi Isroil askarlari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 100 dan ortiq falastinliklar halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
“30-martdan beri chegara tumanlardagi to‘qnashuvlarda 112 nafar falastinliklar halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, 13 ming 190 nafar arablar turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Halok bo‘lganlar orasida 13 nafar bola va o‘smirlar ham bor. Yaralanganlar orasida ikki ming nafar voyaga yetmaganlar, mingdan ortiq ayollar ham bor.
To‘qnashuvlarda ishtirok etgan 300 dan ortiq kishi hozirgacha og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)