Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 17-may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, S.N. noyob turdagi qushlarni sotib katta foyda olishini aytib, Ibrat mahallasida yashovchi A.I.ning ishonchiga kiradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U 2016-yil martidan sentabr oyiga qadar jabrdiydadan 33 ming 550 dollarni olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Hozirda S.N. ni ushlash choralari ko‘rilgan.
Izoh (0)