Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan kredit mablag‘lari haqida gapirdi. Prezidentning so‘zlarini “Kun.uz” keltirib o‘tdi.
“4 ta sektor rahbarlari yozib olsin, nima uchun Andijonga bu mablag‘larni ajratayotganimni. Andijonda katta korxonalar yo‘q. Masalan, Farg‘onada neftni qayta ishlash zavodi, kimyo zavodi bor. U mashina zavodi (GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi) nomigagina, hech kimga foydasi yo‘q. Bunday zavoddan o‘nta qilsa, foydasi bor. Raqobat bo‘lardi. Bu zavod uchun o‘tgan 27 yil ichida juda ko‘p imtiyozlar berildi, soliqdan ozod qilindi.
Bu zavod aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlab bermaydi. Shuning uchun Andijonda hayot sharoitini yaxshilab berishimiz kerak. Baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish mumkin. Masalan, Namanganda Norin daryosida baliqchilik bo‘yicha loyihalarni yo‘lga qo‘ydik. Odamlarga daryo bo‘yidagi yerlarni ajratib berdik”, dedi davlat rahbari.
Izoh (0)