“Qoradori-2018” tadbiri davomida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol uyi oldida 518,32 gramm marixuana giyohvandlik moddasini 5 million so‘mga sotayotganida ushlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Uning uyi omborxonasidan 4 kilogramm 970,68 gramm marixuana topildi. Tomorqasida esa nasha va ko‘knor yetishtirayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)