Fransiyalik olimlar 1946-yildan keyin ilk marta Adolf Gitlerning saqlanib qolgan tishlari qoldiqlarini tadqiq etdi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Mazkur tish qoldiqlari 2017-yilda Rossiya tomonidan Fransiyaga taqdim etilgan edi.
Tadqiqotchilardan birining ta’kidlashicha, edilikda Gitler haqidagi barcha nazariyalarga chiziq tortish mumkin bo‘ladi.
“U Argentinaga suvosti qayig‘ida qochmagan, u Antarktidadagi yashirin bazada ham bo‘lmagan”, — deydi tadqiqotchilar.
Qayd etilishicha, qoldiqlar haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, qoldiqlarga ko‘ra Gitlerning aynan 1945-yil 30-aprel kuni vafot etgani ham aniqlandi.
Olimlar Gitlerning miyasi qoldig‘ini ham tadqiq etdi. Ular ushbu qoldiq diktatorning 1944-yilda qilingan radiografiyasi bilan mos tushgan.
Olimlarning aytishicha, fyurerning tishlarida zahar izlari, shuningdek miyasida o‘q izidan qolgan teshik ham aniqlangan.
Izoh (0)