Janubiy Koreyada LG Group raisi Ku Bon-Mu 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.
U yil boshidan beri bir necha bor miyasida operatsiyani o‘tkazgan, biroq holati yomonlashishda davom etayotgandi. Ku Bon-Mu shundan so‘ng davolanishdan voz kechdi va oilasidagilar qurshovida hayotdan ko‘z yumdi.
Ku Bon Mu 1995-yilda otasidan ishlarni qabul qilib olgan va 23 yil davomida korporatsiyaga rahbarlik qilgandi.
Uning xotini, ikki qizi va LG Group raisi lavozimini egallashi taxmini qilinayotgan asrandi o‘g‘li Ku Kvan-mu qoldi.
Izoh (0)