Qozog‘istonda bitiruv kechalari uchun pul yig‘ish holatlari yuzasidan ko‘pchilik ota-onalar noroziligi tufayli ko‘plab ta’lim muassasalari bunday kechalarni o‘tkazishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Olmaota hokimligining ma’lum qilishicha, joriy yilda saharda limuzinlarda sayr qilish va restoranlarda kechalar o‘tkazish taqiqlanadi.
“Maktablar hech qachon bolalarni limuzinlarga pul yig‘ishga, qimmat kiyimlar sotib olishga, restoranlarda kechalar uyushtirishga majburlamagan. Joriy yilda bunday xatti-harakatlar taqiqlanadi. Ayrim maktablar ota-onalar tashabbusi bilan bitiruv kechalari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Biroq bu o‘quvchilarga maktabni bitirgani to‘g‘risidagi shahodatnomalar topshirilganidan so‘ng o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston fan va ta’lim vazirligi maktab bitiruvchilariga shahodatnoma topshirish sanasini 15-iyun etib belgiladi.
Shu kunning o‘zidayoq maktabni a’lo baholarga bitirgan o‘quvchilarga “Altin belgi” belgisi topshiriladi.
Izoh (0)