Rossiyada Moskva viloyati tergovchilari Moskva metropolitenidagi ichki ishlar boshqarmasi komendantlik rotasi katta serjantiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘adi, u internetdan foydalanib, millat belgilari bo‘yicha nafrat qo‘zg‘atishda gumonlanmoqda, deb yozadi “RBK”.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 35 yoshli politsiyachi 2009-yilda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan. 2017-yil 1-yanvar kuni “Mast rus vs o‘zbek” (“Mast rus o‘zbekka qarshi”) deb nomlangan videoyozuvni qayta chop qilib (repost qilib), rus millatini kamsitish belgilariga ega izoh qoldirgan.
Hozircha serjantga nisbatan oldini olish choralari belgilangani yo‘q.
Gumonlanuvchi ichki ishlar organlarida besh yildan buyon ishlaydi, uning qaramog‘ida uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor.
Izoh (0)