Qozog‘istonliklar o‘z didiga mos avtomobil raqamlarini tanlab olish huquqiga ega bo‘ldi, deb yozadi “Nur.kz”. Yagona cheklov — “Hukumat fuqarolar uchun” davlat korporatsiyasida bor bo‘lgan va o‘ta talabgir raqamlar toifasiga kirmaydigan raqamlarni tanlash mumkin.
Buning uchun avtomobil egalari davlat raqamini olishda to‘lanadigan standart summa — bor-yo‘g‘i 6734 tenge (20 dollar) to‘lovni amalga oshirishi kerak.
Muayyan son yoki harflardan iborat “chiroyli” raqam ishtiyoqmandlariga bunday raqamlarni buyurtmaga yasatish taklif qilinadi.
Raqam belgilari tayyor bo‘lganidan keyingina, avtomobillar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Transport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi qoidalar 26-maydan kuchga kiradi.
Izoh (0)