Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin Sochida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bugun Sochida Rossiya prezidenti Putinning Suriya arab respublikasi prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad Sochiga ishchi tashrif bilan kelgan. Vladimir Putin uni terrorchilar bilan kurashdagi muvaffaqiyatlari bilan qutlagan. Shuningdek, Asad Suriyada siyosiy tartibga solishni boshlashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)