Tojikiston maxsus xizmatlari futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida Moskva va Sankt-Peterburgda ketma-ket teraktlar oldini olishda yordam berdi, deb yozadi Sputnik.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari jahon chempionati oldidan terakt uyushtirishni rejalashtirgan markaziy osiyolik muhojirlarni qo‘lga oldi. Teraktlar futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati uchun Rossiyaga turli mamlakatlardan keladigan futbol muxlislarini dashatga solish maqsadida rejalashtirilgan. Moskva va Sankt-Peterburg terrorchilar tomonidan eng ommabop tashkilotchi shaharlar sifatida tanlangan.
Markaziy osiyoliklarning ijaraga olingan xonadonlari tintuv qilinganida katta quvvatga ega qo‘lbola portlovchi qurilmalar, avtomatlar, pulemyot to‘pponchalar va jangovar granatalar musodara qilingan.
FXX aniqlik kiritishicha, gumonlanuvchilar IShID terrorchilik guruhi a’zolaridir.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)