Melburn aeroportida reysga kechikkan yo‘lovchi samolyotga “qamal” bilan chiqmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
O‘zining kechikayotganini bilgan erkak aeroport binosida sigaret chekishni boshlagan, keyin esa uchish maydoniga olib chiquvchi eng yaqin eshikka o‘zini urgan. Holat aks etgan videoda erkak samolyotning yopilgan eshigini ochishga urinayotgani aks etgan.
Hodisa guvohining aytishicha, kechikkan yo‘lovchi uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan aeroport xodimlari bilan mushtlashgan. Ikki kishi yengil jarohat olgan.
Keyinroq erkak qo‘lga olingan, “jabrlangan” samolyot esa parvozdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Izoh (0)