Rossiyada Bolqon o‘lkasi va Buryatiya chegarasidagi Xalqaro do‘stlik ko‘prigining tayanchlari qulab tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ko‘prik Vitim daryosi ustida joylashgan bo‘lib, Kuanda qishlog‘i va Katta yerni bog‘lab turgan. Bahorgi muzlarning erishi va suvning ko‘payishi tayanchlarning yiqilishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik 2016-yilning iyul oyida avariya holatiga kelib qolgan. O‘shanda ko‘prikdan foydalanish taqiqlangan, biroq odamlar yagona avtomobil qatnov yo‘li bo‘lgan mazkur ko‘prikdan foydalanishda davom etgan.
Tayanchlar yiqilgandan keyin hududda favqulodda holat e’lon qilingan, chunki qishloq narigi qirg‘oqdan uzilib qolgan. Mahalliy rasmiylar ko‘prik bo‘ylab har qanday transport vositasining va hatto piyodalarning harakatlanishini taqiqlagan. Buning uchun ikki tomonda ham postlar o‘rnatilgan.
Izoh (0)