Iroqda sud IShID terrorchilik tashkiloti faoliyatida qatnashgan Rossiya fuqarosini o‘lim jazosiga hukm qildi, deb yozadi Meduza.
AFP o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, sudlanuvchining familiyasi — Hasanov. Hukm haqida boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Nashr eslatishicha, Iroqda so‘nggi bir necha oy ichida 300 dan ortiq kishi, shu jumladan, 100 ga yaqin chet ellik o‘limga mahkum etilgan. Boshqa ko‘p kishilar umrbod qamoq jazosini olgan. Chet elliklarning ko‘pchiligi — turklar yoki sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)