Kecha, 16-may sanasida Madridning “Atletiko”si Yevropa Ligasi finalida Fransiyaning “Marsel” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z tarixida uchinchi marta ushbu turnirda g‘alaba qozondi.
Shu tariqa ispan klublari 2013/14-yilgi mavsumdan buyon Yevropada 13 ta kubokdan 12 tasini qo‘lga kiritdi, deb yozadi “Sports.ru”.
Bu orada 2016/17-yilgi mavsumdagina “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasida g‘olib chiqib, ispan klublari gegemoniyasiga to‘siq qo‘ya olgandi.
Bu vaqt ichida “Real” (Chempionlar Ligasida 3 marta, UEFA Superkubogida 3 marta), “Barselona” (1 marta Chempionlar Ligasi va 1 marta Yevropa Superkubogi), “Sevilya” (3 marta Yevropa Ligasi) va “Atletiko M” (Yevropa Ligasi) jamoalari jami 12 kubokni Ispaniyaga olib kelgan.
Ma’lumot uchun Yevropa Chempionlar Ligasi 2017/18-yilgi mavsumi finalida Madridning “Real” jamoasi “Liverpul”ga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv 26-may sanasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)