7-may kuni Navoiy Davlat pedagogika instituti talabasi qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 23:30 atrofida Xatirchi tumanida yashovchi institut talabasi R.S. mast holda Nizomiy ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Sh.T.ning ko‘kragiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazadi.
Sh.T. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, olamdan o‘tdi.
R.S. ushlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)