O‘zbekistonda 9-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:42 da yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Toshkent FVV seysmoprognostik markazi ma’lum qildi.
Zilzila markazi tahminan Toshkent shahridan 546 kilometr uzoqlikda, Afg‘onistonning Hindiqush hududida bo‘lgani aytilmoqda.
Zilzila magnitudasi markazda 6,2 ni tashkil etdi. Uning kuchi Toshkentda 3 ballni tashkil etdi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham yer silkinishi qayd etilgan:
Namangan: 3 ball
Andijon: 3 ball
Farg‘ona: 3 ball
Guliston: 3 ball
Jizzax: 3 ball
Samarqand: 3 ball
Termiz: 4 ball
Qarshi: 3 ball
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh (0)